Huawei 1
Tramp nega USAID'ni "yopib qo'yishga" tayyor?

Bugungi kunda dunyo davlatlariga ajratilayotgan gumanitar yordamning 40 foizi bu amerikalik soliq to'lovchilarning pullari. Prezident Trampning fikricha, endilikda Amerika bunday ulkan mas'uliyatni o'z zimmasiga ololmaydi. Qo'shma Shtatlar boshqa davlatlarni “yumshoq kuch” yordamida sotib oladigan va evaziga nimalarnidir talab qiladigan ahvolda emas. Xullas, Tramp yarim asrdan ko‘proq vaqtdan beri ishlab kelayotgan gumanitar yordam tizimini barbod qilmoqchi. Gap AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi – USAID haqida ketyapti. Tramp bu qarori bilan budjet pullarini iqtisod qilmoqchimi yoki uning boshqa maqsadi bormi?  Yillar davomida xalqaro agentlik mablag‘laridan foydalanib kelgan mamlakatlar endi nima qiladi?

Uzreport TV jurnalisti Gulnoza Husanova hamkorimiz "Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova bilan bog‘lanib, shu kabi savollarga javob oldi.

"Donald Tramp prezidentlikni boshlar ekan "men federal tizimni imkon qadar kichraytiraman va  budjetdagi kamomadlarni yopishga harakat qilaman" deb va'da bergan. Agar Oq uyga quloq soladigan bo'lsak, Tramp bergan va'dasining ustidan chiqishga bel bog'lagan va shunga harakat qilmoqda. Federal agentliklar birma-bir "elakdan o'tkaziladi". Amerikaning har bir harajati qayta ko'rib chiqiladi va shunga qarab federal tizim o'z ishini davom ettiradi. Bu bo'yicha Tramp yuzlab farmonlar chiqardi. Nafaqat USAID, balki vazirliklar ham mana shunday reviziya ostida. Masalan, AQSh ta'lim vazirligi yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Hatto AQSh moliya vazirligi va Mudofaa vazirligi tekshirilmoqda. USAID bular orasidan birinchilardan bo'lib nishonga olindi.

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi 1960-yillarning boshida faoliyat boshlaganida uning ishi AQSH tashqi ishlari bilan, AQSH diplomatiyasi bilan xalq diplomatiyasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan, yani tabiatan bu agentlik hamisha davlat departamenti bilan birga ishlagan. Lekin mana shu oxirgi 10 yilliklarda Respublikachilar ayniqsa xalqaro taraqqiyot agentligini mustaqil agentlik sifatida ish olib borayotganlikda boshqa vazirliklar bilan kelishyotganlikda hatto Oq uy bilan, Davlat departamenti bilan murosa qilmayotganlikda ayblab kelardi va shulardan biri mana hozirgi davlat kotibi Mark Rubio", deydi Navbahor Imamova.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, hozir bu agentlikning nishonga olinayotganidan ko'plar hayron emas chunki alam, norozilik hissi yig'ilib qogan va buning ustiga masalan hozir hukumat samaradorligini oshirish bo'yicha vaqtincha tuzilgan departament bor va unga tizimdan chiqmagan vaqtincha ishga yollangan va Oq uy maxsus xizmatchi deb atayotgan dunyoning eng badavlat shaxsi bo'gan Ilon Mask bosh-qosh.

"Tramp aytyapdiki, men o'z prezidentlik vakolatlarimdan chiqmagan holda tizimni isloh qilyapman. Yani Tramp administratsiyasiga ko'ra bularning hammasi islohot. Bu degani nima, "siz kutasiz biz ko'rib chiqamiz, biz sizga natijalarni aytamiz, qonun buzilmaydi" deb turibdi. Lekin allaqachon Amerikada norozilik namoyishlari avjida. 

Lekin Tramp "yo'q men xalqning quvvatlovini olganman, saylandim prezidentlikka va hozir prezidentligimning 100 kunidaman va hammasini qilishga haqqim bor" deb turibdi.

Masalan CBS kanali o'tkazgan ommoviy so'rov natijalariga ko'ra hozir amerikaliklarning 53 foizi prezident to'g'ri yo'ldan ketyapdi deb turibdi. Umuman olganda, Respublikachilarning aksariyati Tramp tomonda, demokratlarning aksariyati Trampga keskin qarshi, 50 foizdan ortiq reyting Amerika prezidenti uchun juda yuqori reyting hisoblanadi. Hozir prezident Tramp o'ziga xos "asal oyida". Kelasi uch oyda vaziyat qay tomon yo'naladi buni bilmaymiz. Mark Rubioning aytishicha, USAID yopilmagan, u ozgina odami bilan bo'lsada ishlarni davom ettiryapdi, ayrim loyiha va dasturlarga istisno tarzida ruxsat berilgan, chunki Oq uyga ko'ra ular Amerika manfaatlari uchun xizmat qiladi", deydi "Amerika Ovozi" jurnalisti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21219 | Инструменты