Utilizatsiya yig'imi nima?
Ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar sog'lig'ini va atrof-muhitni g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o'z iste'mol xususiyatlarini yo'qotganidan keyin hosil bo'ladigan chiqindilarning zararli ta'siridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yig'imi to'lanadi. Bu haqda huquqiy axborot kanali tushuntirish berdi.
Utilizatsiya yig'imi:
- Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan – g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
- Davlat soliq qo'mitasi tomonidan – O'zbekiston hududida realizatsiya qilinadigan g'ildirakli transport vositalari, o'ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yig'ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Hukumatning tegishli qarori bilan 2020 yilning 1 avgustidan transtport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizatsiya yig'imi undirilishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20511 | Инструменты
Bu soliqlar qiynalib yurgan xalqni battar ezish qiynashdan bowqa narsa emas