Huawei 1
Uyatsiz videolari sabab 5 sutkaga qamalgan bloger qiz 4 kunda ozod qilindi

"Instagram"da Sevinchka nomi bilan tanilgan Insta-bloger ijtimoiy tarmoqda odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan o‘zining ishtirokidagi video va rasmlarni joylab, jamoatchilik tanqidiga uchradi.

Shundan so'ng, 2022-yil 11-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining qarori bilan ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq qoidalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi va suratlarni tarqatgan S. S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

So'nggi xabarga ko'ra, 15-noyabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida S. S. ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud qaroriga huquqbuzar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni o‘rganib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan S.S.ga nisbatan jazo tayinlashda, shaxsini, yoshini, ayolligini, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, birinchi instansiya sudi qarori bilan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosi 4 kunga o‘zgartirilgan.

Natijada, S.S. jazoni to‘liq o‘tagan deb hisoblanib, Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasidan ozod qilindi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты