Huawei 1
"UzAuto Motors" Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yangi shartnomalar berishni boshlanmoqda

Bir oy avval tuzilgan shartnomalar bo’yicha dilerlik markazlari  xaridorlarga Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarini muddatidan oldin  yetkazib berishni boshladi. Bunga o’z navbatida, UzAuto Motors’ning ishlab chiqarish quvvatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari tufayli avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirish natijasida erishildi.  

Bundan tashqari, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar samarasi o’laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo’shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi.

Qolaversa, avval xabar berilganidek, kompaniya avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda. Shuningdek, barcha tuzilgan shartnomalar bo’yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o’z egalariga yetkazib beriladi.

Bugun, 18-sentabr UzAuto Motors rasmiy saytida ko’rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72110 | Инструменты