Huawei 1
“UzAuto Motors” “Cobalt” uchun kontraktatsiyani ochmoqda

“UzAuto Motors” yana “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun kontraktatsiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shartnoma berish jarayoni 19-dekabr kuni kuni soat 10:00da boshlanib, “GX-Style AT Plus” va “GX-Midnight AT” modifikatsiyasi uchun shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi.

Kompaniyaning qayd etishicha, kontraktatsiyaga avvalgi tuzilgan shartnomalar uchun belgilangan vaqtda to‘lov amalga oshirilmagan hajmlar qayta qo‘yiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar onlayn tarzda savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. “Telegram"-bot hamda “UzAvtosavdo” ilovasi orqali esa navbatni kuzatish hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumot olish mumkin.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Savollar yuzasidan kompaniyaning +998 78−141−7777 raqami orqali ma’lumot olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121816 | Инструменты