Uzbekistan Airportsning rasmiy saytida onlayn tablo ishga tushdi

Uzbekistan Airports rasmiy sayti orqali O‘zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlarida muntazam xalqaro va ichki reyslarning jo‘nab ketish/kelishlarini kuzatish imkoni paydo bo‘ldi.

Ma'lum bo'lishicha, yo‘lovchilar va kutib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir reys haqida onlayn tabloda real vaqt rejimida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
sana, vaqt, parvoz raqami, aviakompaniya nomi, yo‘nalish, terminal, bortga chiqish eshigi, parvoz holati (jo‘nab ketgan taqdirda), shuningdek, lenta raqami va bagajni qabul qilish vaqti (kelishda).

Uzbekistan Airports veb-saytida onlayn tablo yaratilishi aeroport faoliyatining asosiy jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida IT-infratuzilmasini yaratish bosqichlaridan biri ekanligi haqda xabar berilgan.

Onlayn tablo ilgari joriy qilingan "Aeroport Operational Database" operatsion bazasini yuritish tizimi va aviakompaniyalar bilan slotlarni muvofiqlashtirish, jadvallarni yaratish uchun "Slot Management System" quyi tizimining bir qismi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40508 | Инструменты