Huawei 1
Vazir Hilola Umarova Surxondaryoda hokimdan adolat talab qilgani uchun qamalgan maktab direktori bilan telefonda gaplashdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘qituvchilar va direktor o‘rtasida dahanaki janjal bo‘lgani haqida video tarqaldi. Unda janjalga uzoq yillardan beri davom etayotgan korrupsiya, nohaqliklar, talon-tarojliklar sabab bo‘lgani aytilgan. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova rasmiy munosabat bildirdi. Vazir Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olganini ma'lum qildi. 

Shundan so'ng, Hiloa Umarova direktor ayol bilan telefonda gaplashdi.

Telefondagi suhbatda maktab direktori 7 kunlik qamoqdan keyin hozir oʻz uyida ekanligini maʼlum qilgan. Shuningdek, vazir Surxondaryoga borganiga ushbu maktab bilan bogʻliq holatni batafsil oʻrganilishini aytib o'tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты