Huawei 1
Vazirlar Mahkamasining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Tohirjon Yuldashbayevich Rapiqov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Chust tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 1996 yili Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qayd etishicha, u mehnat faoliyati davomida, 1997-2000 yillarda Chust tumani qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo'limi bosh mutaxassisi va boshlig'i, 2005—2007 yillarda Chust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari vazifalarida ish yuritgan.

2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016 yillarda Yangiqo'rg'on tumani hokimi, 2016—2019 yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Tohirjon Rapiqov 2019 yil mart oyidan buyon hozirgi kunga qadar Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari sifatida faoliyat yuritib ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51222 | Инструменты