Huawei 1
Xalq ta'lim vazirligi aniq va tabiiy fan o'qituvchilariga 20 % ustama beruvchi milliy sertifikat yaratmoqda

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Aniq va tabiiy fan o‘qituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini yaratish va pedagoglarni birinchi, oliy malaka toifasini olishga tayyorlash borasida “QUALIFICATION” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Xo‘sh, bu tizim o‘qituvchilar toifa olishga tayyorgarligida qanday ko‘mak beradi?

— Pedagoglar uchun 19 ta banddan iborat so‘rovnoma savollari shakllantirilib, testdagi topshiriqlar soni, ularning tuzilishi, baholash mezonlari aynan baholashning maqsadidan kelib chiqqan holda belgilandi.

— Malaka toifasini olishga tayyorlash uchun fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha oliy va birinchi toifali pedagoglar tomonidan 72 soatga mo‘ljallangan o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqildi.

— Biologiya, Kimyo, Matematika va Fizika fanlari doirasida maʼruza matn, test, keys, taqdimotlar ishlab chiqildi. 288 ta videodarslar tayyorlandi.

— 4 ta fandan jami 800 ta nazorat savollari tuzilib, testlar ekspertizadan o‘tkazildi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining onlinedu.uz platformasida “Toifa kurslar” nomi bilan trenajyor ishga tushirildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar toifa olishida o‘z fani doirasida bilishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar aniqlanib, ularga kurslar belgilanadi. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Milliy-tadqiqot institutida kimyo, biologiya hamda fizika fanlaridan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishga mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya xonalari tashkil etildi.

Hozirda mazkur laboratoriyada tabiiy fan o‘qituvchilari uchun yangi metodikalar va malaka toifasini oshirishga mo‘ljallangan video kurslar tasvirga olinmoqda.

Bundan tashqari, ustozlarning kasbiy faoliyatini baholash, o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari spesifikatsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur spesifikatsiyalar asosida kimyo hamda biologiya fanlaridan 7-11-sinf o‘quvchilari uchun 1500 tadan, matematika fanidan 5-11-sinf o‘quvchilari uchun 2100 ta, fizika fanidan 6-11-sinf o‘quvchilari uchun 1800 ta hamda o'qituvchilarning o‘quv fani bo‘yicha bilim darajasini aliqlash bo‘yicha jami 800 ta, psixologik tayyorgarligin aniqlanash bo‘yicha 200 ta savollar ishlab chiqildi. 

Loyiha davomida baholash bo‘yicha tajriba sinov ishlari uchun Navoiy viloyatining Navoiy shahar, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlaridan oliy, birinchi, ikkinchi va mutaxassislik toifasiga ega bo‘lgan 120 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari, shuningdek, 5097 nafar 5-11-sinf o‘quvchilari qamrab olindi.

Hozirgi paytda loyihaning yakuni bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52902 | Инструменты