Huawei 1
Xalqaro fan olimpiadalarida faxrli o'rinni egallagan yoshlar va ularning ustozlari pul mukofoti bilan taqdirlandi

Xabaringgiz bor, iyul oyida o’zbekistonlik o’quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lgan kiritishgan.

Jumladan, Norvegiyaning Oslo shahrida o’tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek Rajabboyev bronza medalini, Armaniston davlatida o‘tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida Aziza Abduvaliyeva bronza medalini, Xitoyda masofaviy tarzda oʻtkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush medalni qoʻlga kiritishgandi.

O’zbekiston bayrog’ini yuksaklarga ko’targan shu kabi 1 qator bilimli yoshlar va ularning ustozlari pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Xususan, nufuzli xalqaro olimpiadaning oltin medal sohibiga 150 million, o'qituvchisiga 135 million so'm, kumush medal sohibiga 90 million, o'qituvchisiga 75 million so'm, bronza medal sohibiga 60 million, o'qituvchisiga 45 million so'm pul mukofotlari taqdim etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51304 | Инструменты