Huawei 1
Xalqaro mehnat tashkilotining haq to'lanadigan ta'tillar to'g'risidagi konvensiya ratifikasiya qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-994-son, 07.11.2024 y.) bilan Konvensiya ratifikasiya qilindi.

Qonunga ko'ra, Xalqaro mehnat tashkilotining haq to'lanadigan ta'tillar to'g'risidagi 132-sonli Konvensiyasi (1970 yilda qayta ko'rib chiqilgan) ratifikasiya qilindi.

Konvensiyada mehnat munosabatlarida xodimlarning mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari, shu jumladan, dam olish va haq to‘lanadigan taʼtillardan foydalanish huquqlarini taʼminlash choralarini yana-da kuchaytirish kabi masalalar nazarda tutilmoqda.

Konvensiya barcha sohalarda ishlaydigan xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini qayta tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda har ish yili uchun beriladigan taʼtillarni taʼminlashga zamin yaratadi.

Qayd etilganidek, shu kunga qadar ushbu Konvensiya 38 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты