Huawei 1
Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Begonalarning avtomobilini sotib yuborib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda “Gorod” nashri xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning iyun oyida erkak O‘zbekiston hududida bo‘lib, unga tegishli bo‘lmagan ikkita avtomobilni sotgan. Sotuvdan olingan jami summa 14 ming dollarni tashkil etgan.

Shu yilning noyabr oyida erkak xalqaro qidiruvga berilgan. Dekabr oyida esa O‘zbekistondagi tuman sudi unga nisbatan hibsga olish chorasi qo‘llash haqida sirtdan qaror chiqargan.

2025 yil yanvar oyida erkak Rossiyaning Irkutsk viloyati Nijneilimsk tumanida politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

“U 40 kun davomida hibsda saqlab turiladi va vataniga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20423 | Инструменты