Huawei 1
"Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambag‘al aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkin" — prezident

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Andijon viloyatidagi 58 ta parranda korxonasi 4-5 tadan loyiha qilib, 10 ming ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashga tayyorligi aytildi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi 660 ta baliq xo‘jaligi kooperatsiya orqali 10 mingta yangi ish joyi yaratishni tashabbus qilgan.

Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini taʼkidlab, Prezident mutasaddilarga mana shunday loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yangi tizim yaratishni topshirdi.

Andijondagi nasos stansiyalari yonidan kamida 10 gektar yerda 30 sotixlik maydonlar baliqchilik kooperatsiyalariga taklif qilinadi.

Ushbu tajribalarni yo‘lga qo‘yish orqali parranda va baliqchilikda kamida 200 ming ehtiyojmand aholini band qilish mumkin.

Umumiy ovqatlanish sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga ish berdi. 

Ikki yil avval umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi.

Tadbirkorlarga shu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150  ming ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashga tayyor.

Ayrim korxonalar koll-markaz tashkil qilib, hozirni o‘zida 2 ming nafar nogironligi bo‘lgan aholiga kompyuter va telefon olib berish orqali ularni uyini o‘zida ish bilan taʼminlamoqchi.

Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambag‘al aholini ishli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytirish mumkinligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты