Ijtimoiy tarmoqda Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zoom orqali o‘tkazgan yig‘ilishidan parcha tarqaldi.
Ushbu holat Kadastr agentligining odob-axloq komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 3-may kuni Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda bo‘lim boshliqlari ishtirokida hududda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha belgilangan vazifalarni ijrosini bajarilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tahliliy, tanqidiy yig‘ilish jarayonida sodir bo‘lgan.
Boshqarma boshlig‘i yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.
Agentlik tomonidan boshqarma boshlig‘iga nojo‘ya so‘zlarni ishlatgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday holatlarni oldini olish va bu kabi xatoga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan tizimdagi barcha tashkilot va hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты