Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Olmozor tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты