Huawei 1
Xorazmda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rildi

Xorazm viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi holatlar aniqlandi. Huquqbuzarliklar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Xususan, Xiva shahri Sangar MFY hududida fuqarolar S.U., A.M., A.B., A.A., I.M., S.M., X.B., Sh.I., X.Sh., Y.I., M.U., V.B., B.D.  tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Shuningdek, Xiva shahar Guliston MFYda A.A. va A.Sh., Urganch shahar "Sanoatchilar" ko‘chasida esa A.A. tomonidan xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgan. 

Ularga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Huquqbuzarlarga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi. Shu bilan birga, Urganch shahrida chiqindi tashlagan A.A.hamda Xiva shahrida chiqindi tashlagan A.A.lar BHMning 2 baravari — 680 ming so‘m hamda 3 baravari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты