Huawei 1
Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo‘shko‘pirdagi bolalar bog‘chasida bola kaltaklandi" deb nomlangan xabar tarqaldi.

Mazkur holatni Bolalar ombudsmani o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25-iyul kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. 

Hozirda Qo‘shko‘pir tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021-yilda tug‘ilgan I.S. (qiz) ga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты