Xorazmda ko‘chatlarni parvarishlamagan mansabdorlar jarimaga tortildi

Xorazm viloyatida mansabdor shaxslar tomonidan ko‘chatlarni parvarish qilmaslik, sug‘orilishiga eʼtibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlandi. Bu haqida Ekologiya vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mansabdorlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so‘m maʼmuriy jarimalar belgilangan.

Taʼkidlanishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tqazilgan ko‘chatlar parvarishiga butun respublika bo‘ylab jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu holatga masʼuliyatsizlik bilan yondashganlar, albatta, qonunga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70522 | Инструменты