Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi viloyat prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi ekologik reyd tadbirini o‘tkazdi.
Reyd davomida Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi K.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali noyob qush — O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan cho'l miqqiy qushini sotayotganida ushlandi.
Ma’lumot uchun, cho'l miqqiy qushi O‘zbekiston Qizil kitobi va IUCN Qizil ro‘yxatiga kiritilgan ko‘chmanchi tur bo‘lib, zaifga yaqin maqomga ega. Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloyda, Qizilqum togʻlarida, Amudaryo va Zarafshon daryolari vodiylarida tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
Cho'l miqqiy qushi salomatligini tekshirish uchun Xorazm milliy tabiat bog‘iga o‘tkazildi. Kerakli muolajalar qo‘llanilgach, qush tabiatga qo‘yib yuboriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10615 | Инструменты