Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi
“Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a'zolarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-iyundan Rossiya Federatsiyasi, Turkiya hamda Qozog'istonning tegishli hududlarida (12 ta) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi.
Mazkur hududlarning har biriga kamida 2 nafar vakil biriktiriladi.
2022-yil 1-maydan har yili hokim yordamchilari yozma tavsiyanomasiga asosan:
Shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro'yxatda bo'lgan yoki “daftarlar”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yo'llanmalar beriladi.
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablag'lari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a'zolariga yordam pullari va yo'llanmalar berishda:
Qarorga ko'ra, xorijda vaqtinchalik ishlayotgan va ta'lim olayotgan o'zbekistonlik yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Xorijdagi yoshlar balansi” shakllantirilib, ular to'g'risidagi ma'lumotlar “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritib boriladi.
2022-yil 1-martdan “daftarlar”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo'li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham 10 million so'mgacha miqdorda bir yil muddatga miqroqarzlar beriladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvargacha quyidagilar bo'yicha kompensatsiyalar to'lanadi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 52509 | Инструменты