Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
- 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
- o‘zbek tilini bilishi lozim.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты