Huawei 1
Xorijdagi saylov uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xarita yaratildi

27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida ovoz berish bo‘yicha xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalarining interaktiv xaritasi yaratildi.

Ushbu havolani bosish orqali siz eng yaqin saylov uchastkasi haqida maʼlumot olishingiz va o‘zingiz uchun eng maqbul yo‘nalishni tanlashingiz mumkin.

Boshqa davlatlarda yashovchi vatandoshlarimizning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida mamlakatimizning 39 ta davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, xorijdagi fuqarolar konsullik hisobida turmasdan ovoz berish uchun saylovchilar ro‘yxatiga kiritishga elektron murojaat qilish imkonini beradigan saylov.mfa.uz sayti ishga tushirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102500 | Инструменты