“Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yana-da oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi tashkil etiladi;
Platforma O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rgatishni nazarda tutadi.
- yurtimizning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosini o‘rganishga qiziqish yuqori bo‘lgan xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (markazlar) hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
2024 yil 1 maydan mazkur markazlar hamda kafedralar O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotiga oid o‘quv qo‘llanma va darsliklar, audio va videomateriallar bilan quyidagi miqdorlarda taʼminlanadi:
- 200 ta – o‘zbek tilini o‘rganish uchun;
- 100 ta – o‘zbek adabiyotini o‘rganish uchun;
- 100 ta – O‘zbekiston madaniyatini o‘rganish uchun;
- 100 ta – O‘zbekiston tarixini o‘rganish uchun;
- 20 ta – madaniy meros va turizmni o‘rganish uchun.
2024 yil yakunigacha xorijdagi o‘zbek milliy madaniy markazlari va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61306 | Инструменты