Huawei 2
“Yagona to‘g‘ri yo‘limiz — mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va anʼanaviy arzon bozorlardan qimmatigaga kirib borish” — prezident

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymasligini aytdi.

"Bu borada yagona to‘g‘ri yo‘limiz – mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va anʼanaviy “arzon” bozorlardan – yangi, “qimmat” bozorlarga kirib borish", — dedi prezident yig‘ilishda.

So‘ng davlat rahbari tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Muloqotda tadbirkorlar:

  • korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;
  • bo‘yalgan mato eksportini kengaytirish;
  • eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;
  • to‘qimachilik korxonalarining obyektlarini qurishda yengillik berish;
  • korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;
  • mamlakatda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini ko‘tardi

Davlat rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga