Huawei 1
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (102-son, 18.02.2025 y.) bilan “Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Ma'muriy reglament davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo'yicha davlat ko'rsatish tartibini belgilaydi.

2025-yil 1-apreldan yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab 15 ish kun ichida Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani ko'rib chiqadi.

Talabgorning Reyestrga kiritish haqidagi arizasi va unga ilova qilingan ma'lumotlar vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida Portalga majburiy jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi.

Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda arizani ko'rib chiqish davomida to'plangan boshqa ma'lumotlar asosida arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.

Agar ariza qanoatlantirilsa, bu haqida talabgorga QR-kod qo'yilgan xulosa talabgor o'zi kelib murojaat etgan taqdirda – Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda – talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin tadbirkorlik subyektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo’lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22106 | Инструменты