Huawei 1
Tadbirkorlik subyektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo’lishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasida tadbirkorlik subyektlarining 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo‘lishi, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish bo‘yicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish imkoniyatini yaratish belgilanmoqda.

Loyiha litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini qisqartirish borasida olib borilgan islohotlarni o‘zida aks ettirib, u bilan amaldagi 3 ta kodeks va 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Shuningdek, 12 ta litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomili bekor qilinishi, 4 ta litsenziya va ruxsatnomani xabardor qilish tartibiga o‘tkazish ko‘zda tutilyapti. 1 ta xabarnoma yuborish tartib-taomili ruxsat berish tartibiga, 2 ta litsenziya uchun xulosa olish bekor qilinishi nazarda tutilmoqda. 3 ta ruxsat berish tartib-taomili “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqlashtirilmoqda.

Bojxona kodeksidan esa bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar chiqarib tashlanmoqda. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning ayrim moddalari litsenziyaning faoliyat turlari o‘zaro birlashtirilishi munosabati bilan takomillashtirilyapti.

Bundan tashqari, jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima so‘mmasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, litsenziyani, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki xabarnoma yuborish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilingan taqdirda, jarimaning qolgan so‘mmasini to‘lashdan ozod etilishi belgilanyapti.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bozorda teng sharoitlar va raqobat muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Chet el yuridik shaxslariga litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22202 | Инструменты