Huawei 1
Yakkasaroyda zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etiladi va Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Yakkasaroy tumanidagi "Pushkin" xiyoboni hududida zamonaviy suvtushar bog‘ barpo etish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, taqdimotda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova "Pushkin" xiyobonida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bog‘ hududi zamonaviy dizayenda bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tgan. 

Shuningdek, Koch Construction qurilish kompaniyasi mas’uli Bahri Saka uchrashuv ishtirokchilariga bog‘ hududida olib boriladigan ishlarning loyihasi bilan tanishtirib o‘tgan.

Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan.

Xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chasiga aylantirish, ushbu ko‘chadagi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, jumladan, qurilish-ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish haqida tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, gastronomik turizm ko‘chasida velosipedlar uchun uzunligi 1,6 kilometr maxsus yo‘lak, 40 dona zamonaviy o‘rindiq, imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10 ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi. Shu bilan birga, 1,5 kilometr maydonda yashil hudud barpo etiladi, avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda hojatxonalar tashkil etiladi. Shuningdek, hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2 ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91820 | Инструменты