Huawei 1
Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi

“Oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan oliy va kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

- Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom;

- Kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom.

Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari ro'yxati ta'lim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

2025-yil 1-yanvardan kasbiy ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o'quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo'yicha o'quv kursi kiritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121913 | Инструменты