Huawei 1
Yangi avlod darsliklari aprobatsiyadan soʻng Xalq taʼlim vazirligiga bepul beriladi

Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev yangi avlod darsliklari bilan bogʻliq savollarga javob qaytardi.

Uning ta'kidlashicha, taqdimoti oʻtkazilgan zamonaviy darsliklar maʼlum tashabbuskor guruhlar tomonidan begʻaraz tarzda ishlab chiqilgan va unga hozirgacha budjet mablagʻlari sarflangani yoʻq. 

"Tajriba sinovi yakunlanlangach, darsliklar vazirlik ixtiyoriga bepul beriladi. Aslida darsliklarni yaratish va chop etish qismi bor. Ochigʻi, darslikni yaratish uni chop etishdan koʻra qiyin va qimmat jarayon. Shu paytga qadar turli sabablar bilan darsliklar mazmuniga yetarli eʼtibor berilmagan.

Uni chop etish jarayonlari esa oʻrnatilgan tartibda, «Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, ochiq va shaffof tenderlar orqali oʻtkaziladi. Buning ochiqligini OAV Moliya vazirligi portali orqali ham kuzatib, kim qancha darslik chop etganini koʻrishi mumkin", deydi Usmon Sharifxoʻjayev.

Avvalroq, Prezident yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishgandi. Shunda Sahvkat Mirziyoyev 2023-yil 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112313 | Инструменты