Huawei 1
Yangi baholash mezonlariga koʻra milliy sertifikat imtihonlarida maksimal natija 75 ball qilib belgilanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'lishi haqida xabar berilgan edi. 

Yangi tartib joriy etilganidan keyin test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi matbuot anjumanida ma`lum qilishicha, yangi modelga ko'ra maksimal ball 100 ball emas, balki 75 ball etib belgilanadi.

Yangi tartib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan agentlik tizimlari integratsiya qilinib, ushbu portal orqali hujjatlari qabul qilish boshlangach joriy etiladi.

Matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. 

Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112908 | Инструменты