Yangi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun qabul kuni uzaytirildi
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun hujjatlar qabuli 30-iyunga qadar uzaytirildi. Ushbu arizalarni ariza.piima.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.
Buning uchun so’raladigan hujjatlar:
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• Oldin o’qigan maktabidagi direktor tomonidan tasdiqlangan baholar tabeli nusxasi;
• Pasport ma’lumotlar va o’quvchining ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari.
Eslatib o’tamiz, qabul faqatgina yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davom etadi. Prezident maktablari hamda ijod maktablariga o'qishga hujjatlar qabuli yakunlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122511 | Инструменты