Nurmatova Shahnoza Akbarovna Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Shahnoza Nurmatova 1989 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmatida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10114 | Инструменты