2025-yilning yanvar oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 9 283 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
Murojaatlarning 3 377 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 2 237 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 4 417 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 3,2 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32020 | Инструменты