Yanvar oyida Oʻzbekistonning qaysi hududida eng ko'p chaqaloq tug'ilgan?

Avvalroq O'zbekistonda yanvar oyida 76 ming nafardan ziyod chaqaloq tug'ilgani haqida yozgandik. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 242 nafarga (5,9 %) oshgan.

Statistika agentligining so'ngi maʼlumotlariga koʻra, yanvarda respublika boʻyicha 76199 nafar tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Bu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil etilganda har 1000 nafar aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti Surxondaryo viloyatida 29,8 promillini tashkil etib eng ko'p tug'ilish qayd etilgan hududga kirdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21,0 promilleni tashkil etib eng past ekanligi kuzatildi.

Hududlar kesimida tugʻilish koeffitsiyenti:

Surxondaryo 29,8 promille

Qashqadaryo 27,3 promille

Jizzax 27,3 promille

Namangan 26,4 promille

Samarqand 25,9 promille

Sirdaryo  25,9 promille

Navoiy  25,1 promille

Toshkent shahri 25,1 promille

Andijon 23,8 promille

Fargʻona 23,7 promille

Toshkent 23,1 promille

Buxoro 21,2 promille

Xorazm 21,1 promille

Qoraqalpogʻiston R. 21,0 promille

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51420 | Инструменты