Yashab turgan uyni hujjatlashtirish, ya'ni kadastr qilish uchun qanday hujjatlar taqdim qilish kerak?

Yashab turgan uyni hujjatlashtirish - kadastr qilish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Ko'chmas mulk ob'ektiga kadastr pasportini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentiga binoan  my.gov.uz  portalida to'lov asosida so'rovnomada “Yangi ko'chmas mulk ob'ektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish” bo'limini tanlaysiz va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxalarini biriktirasiz.

Reglamentining 16-bandida kadastr pasportini tayyorlash muddati yakka tartibdagi turar joy uchun – 5 ish kunigacha belgilangan.

Bundan tashqari, ko'chmas mulk ob'ektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish Ob'ektning 1 kvadrat metr maydoni uchun (2787,5 so'm) bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko'paytirilgan holda hisoblanadi.

Izohlar: 21
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Temirov Doston
    63
    Temirov Doston 3 yil avval

    Bir misol bilan tushuntirilsa yanada yaxshiroq boʻlardi, keyin roʻyxatdan oʻtishda hokim qarori haqida maʼlumot berilsa

  • Nurulla Jo'rayev
    136
    Nurulla Jo'rayev 5 yil avval

    Bu juda tushunarsiz malumot Misol bilan tushuntirilgan malumot bormi Masalan 700 kv/m hovlisi bor odam 100 yoki 200 kv/m joyiga qurilishi bo'lsa qancha to'laydi Nima asoslarga ko'ra My.gov.uz orqali kadastrga buyurtma berish uchun hokim qarori va qarorga asos bo'lgan malumotnoma raqami degan bo'limlariga qanday qilib online malumot topsa bo'ladi


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты