"Yashil makon" doirasida aslida ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi
Ma’lumki, Davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy yil 1-martdan boshlab mamlakatda ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy tadbiri boshlangan edi.
Joriy yil baxorgi mavsumning hisobotlariga ko‘ra, кespublika bo‘yicha jami 129,6 mln dona ko‘chatlar ekilgan, deya xabar bermoqda Hisob palatasi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijasida ayrim hududlarda hokimliklar, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmaganligi aniqlandi.
Jumladan:
- daraxt ekish ishlarini tizimli tashkil etmasdan, sug‘orish va parvarishlash uchun tegishli mas’ullar biriktirilmagan;
- haqiqatda ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan;
- 3,4 mln dona ko‘chatlar daraxt va ko‘chatlar sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan;
- 2,4 mln dona ko‘chatlar suvsizlik va yetarli parvarish bo‘lmaganligi sababli bahor tugamasdan qurib nobud bo‘lgan;
- yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chatlar yaroqsiz yerlarga ekilgan bo‘lib, 65 ming donasida ko‘chatlar orasida belgilangan masofa saqlanmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61607 | Инструменты