"Yashil makon" doirasida ko'rsatmalarni bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi "Yashil makon" tadbirlari doirasida kilgan daraxtlar va bajarilgan talablar bo'yicha ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, 2021-yil kuz va joriy yil bahor mavsumida jami 213 mln dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi tashkil etildi.

Shuningdek, respublikadagi yirik, o‘rta va kichik mahallalarda jami 70,8 mln dona hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga 72,5 mln dona terak ko‘chat va qalamchalari ekildi.

Sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha 238 ta quduqlar qazilgan. Hududlarda ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish, parvarish va muhofaza qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirildi.

Bundan tashqari, tuman (shahar)larda mavjud 740 ta suv tashish avtotransportlari ko‘chatlarni sug‘orish ishlariga jalb etildi.

Barcha mas’ul tashkilotlarga daraxt ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha 10 577 ta majburiy ko‘rsatmalar berilib, ko‘rsatma talablarini lozim darajada bajarmagan 109 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 311 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61607 | Инструменты