Huawei 1
Yil boshidan beri Toshkent viloyatidagi salkam 2 mingta "svet"dan qarzi bor xonadondan 88 mlrd so'm undirildi — MIB

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga 754 ta ijro hujjati bo‘yicha 54 mlrd so‘m hamda "Hududgaz" korxonalari foydasiga esa 1 781 ta ijro hujjati bo‘yicha 34 mlrd so‘m qarzdorlik amalda undirildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 208 mln so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, bugungi kunga qadar 41 mln so‘mlik mulklar elektron onlayn savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Misol uchun, Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudinining qarzdor “MAFTUNA XAZRATI ALI” MCHJdan undiruvchi Olmaliq shahar elektr ta’minoti korxonasi foydasiga 117 mln so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты