Huawei 1
Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini taʼminlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Unda quyidagilar belgilangan:

- yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini taʼminlash, shuningdek favqulodda holatlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini tashkil etish tartibi;

- video kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari, yong‘in signalizatsiyasi, tez yordam chaqirish tugmachalari va ovozli xabarnoma vositalari kabi xavfsizlik vositalari bilan yirik bozorlarni jihozlash talablari;

- jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha bo‘limlar (idoraviy xizmatlar) xodimlarining (harbiy xizmatchilarning) huquq va majburiyatlari;-

- obyekt maʼmuriyati, sotuvchilar va obyektga keluvchi shaxslarning jamoat tartibini saklash va yong‘in xavfsizligini taʼminlashdagi huquq va majburiyatlari.

Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati ham keltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты