Huawei 1
“Yo'ldosh ota Gulbaxor ona dorixonasi” XKga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Shovot tumanida joylashgan “Yo'ldosh ota Gulbaxor ona dorixonasi” XKga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo'mitasi xabar qilmoqda.

Holat yuzasidan ushbu dorixonaga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022 yil 12 avgustda berilgan AA 615-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “Yo'ldosh ota Gulbaxor ona dorixonasi” XKga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122810 | Инструменты