Yoshlar ishlar agentligi talaba-o‘quvchilarni til o'rganishlar uchun foydali bo'lgan mobil ilova yaratdi. Unga ko'ra, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida til o‘rganuvchilar uchun maxsus mobil ilova — “Ibrat Academy” taqdim etildi.
Endi yoshlar istalgan makon va zamonda professional o‘qituvchilardan til o‘rganishlari mumkin.
Ilova yordamida o‘rganayotgan til bo‘yicha test ishlash, uyga vazifalarni bajarish imkoniyati mavjud. Tez orada ilovaga sun’iy intellekt funksiyasi ham kiritilib, foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi reja qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52911 | Инструменты