Huawei 1
Yoshlar ishlari agentligi Hindiston Yoshlar masalalari va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlik qiladi

Joriy yilning 2 fevral kuni O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov mazkur mamlakat Yoshlar masalalari va sport ishlari davlat vaziri Kiren Rijiju bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Hindiston davlat vaziriga O'zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosati, ularga zamonaviy dasturlar asosida ta'lim berish, yoshlarni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar xususida ma'lumot berilib, 2020 yil iyun oyida tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi faoliyati haqida to'xtalib o'tildi.

Yoshlar yo'nalishida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo'shma tadbirlar tashkil etish, xususan, AKT va startap sohalariga urg'u bergan holda O'zbekiston-Hindiston yoshlari festivalini tashkil etish imkoniyatlari o'rganildi.

Hindiston davlat vaziri O'zbekistonda yoshlar masalalarida olib borilayotgan davlat siyosatini yuksak baholab, 2021 yilga mamlakatda “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berilganligi sohaga qaratilgan yuqori e'tiborni yaqqol isboti ekanligini ta'kidladi.

Sohadagi o'zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va Hindiston Yoshlar masalalari va sport ishlari o'rtasida hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60714 | Инструменты