"Yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak" — prezident

Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi.

“Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi.

Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:

- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;

- “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;

- 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

"Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak",
 - dedi Prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70111 | Инструменты