YouTube'dagi monetizatsiya natijasida o‘zbek blogerlari daromadi 50 mln dollarga yetishi mumkin

YouTube monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda mavjud.

O‘zbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi ulushini 2030 yilgacha 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Monetizatsiya xizmati yoqilishi natijasida O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oshadi. 2024 yilda reklama bozori 2,1 trln so‘m bo‘lib, 29 foizi - raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20 foiz - tashqi reklama, 51 foiz - telereklamalar).

Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollarga yetishi mumkin. Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61206 | Инструменты