Huawei 1
Zafar Hoshimov JSTga qo‘shilish jarayonida tannarxning ahamiyati haqida so‘z yuritdi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilgi rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov o‘z nutqida Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonida tannarxning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

“Tannarx juda katta rol o‘ynaydi. Uni pasaytiruvchi [omil] soliqlardan yoki [majburiy] to‘lovlardan qochish emas, balki bu kengayish, masshtablashtirish, hajmlarni oshirish orqali amalga oshirilishi kerak. Soliqdan qochadiganlar hajmini oshira olmaydi. Uni aldash kerak, buni berkitish kerak”, — dedi tadbirkor.

Hoshimovning so‘zlarini davom ettirgan holda, davlat rahbari, bunday harakatlar bilan biznes “o‘zini o‘zi girdobga olib kiradi”, deya ta’kidladi. Zafar Hoshimov ham bu fikrga qo‘shilib, “Korzinka” raqobatdan qo‘rqmasligini ta’kidladi.

Xususan, tadbirkor O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan Fransiyaning “Carrefour” va Qozog‘istonning “Magnum” riteyllari kompaniyani “sindirmagani"ni, bunga chakana tarmoqning kengayish hisobiga unumdorlikni oshirish ustida doimiy ishlashi sabab ekanini qayd etdi.

“Har bir sohada tannarx kerak. O‘zbekiston sharoitida barcha tadbirkorlarda barcha yo‘nalishlarda tannarxni [pasaytirish] bo‘yicha juda katta imkoniyat mavjud. Agar tannarx bilan o‘zlaringiz yilma-yil hisob-kitob qilsangizlar, raqobatga bardorsh bera olasizlar”, — dedi prezident tadbirkorlarga yuzlanib.

Shu bilan birga, davlat rahbari, mazkur masalada Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga puxta o‘ylangan takliflar ishlab chiqishni topshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122404 | Инструменты