Kecha, 4-sentyabr kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Ishonch telefoniga Karmana tumani hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi qirg‘oqlarida juda ko'p baliqlarning nobud bo‘lgani bo'yicha ma'lumot kelib tushgan.
Holatni viloyat Ekologiya boshqarmasining ishchi guruhi voqea joyiga borib o‘rgangan.
Ma'lum bo'lishicha, o‘rganish davomida jami 829 dona baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlandi. Ular 486 dona tovonbaliq, 113 dona sazan, 121 dona som baliq, 12 dona turkiston mo‘ylovdori, 97 dona Samarqand xramulyasi kabi baliqlar bo'lgan.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Navoiyazot” va “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” korxonalarining Zarafshon daryosiga tashlanadigan oqava suvlaridan namunalar olingan.
Shu bilan birga Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari tashxisi laboratoriyasi tomonidan nobud bo‘lgan baliqlardan ham namunalar olingan.
Halok bo‘lgan 829 dona baliqlarni daryodan yig‘ib olish uchun qo‘shimcha ravishd rezina qayiqlar va Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari jalb etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin
YHXBB Qamchiq dovonidagi “baliq yomg‘iri”ga izoh berdi
Xonadonlarda baliq yetishtirish uchun ajratiladigan kredit 2 baravarga oshiriladi
O'zbekistonda qaysi baliq turlari ko‘proq ovlanmoqda?
O'zbekistonda yil boshidan buyon qancha baliq ovlangani ma'lum bo'ldi
Alpha version: 0.9.1.19 build 10710 | Инструменты