Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda 41,6 ming tonna baliq ovlangan.
Ulardan eng ko'pini Xorazm viloyatidagi baliq ovchilar tutgan bo'lsa, eng kamini qashqadaryoliklar ovlagan.
Quyida hududlar kesimida ovlangan baliqlar hajmining ro'yxati keltirilgan:
— Xorazm viloyati – 6551 tonna
— Toshkent viloyati – 4958 tonna
— Navoiy viloyati – 4208 tonna
— Andijon viloyati – 4062 tonna
— Jizzax viloyati – 3655 tonna
— Qoraqalpog‘iston R. – 3651 tonna
— Farg‘ona viloyati – 3231 tonna
— Sirdaryo viloyati – 3128 tonna
— Buxoro viloyati – 2462 tonna
— Samarqand viloyati – 2072 tonna
— Surxondaryo viloyati – 1406 tonna
— Namangan viloyati – 1158 tonna
— Qashqadaryo viloyati – 1088 tonna
Alpha version: 0.9.1.19 build 10812 | Инструменты