Joriy yilning 12-18-avgust kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” turistik-rekreatsion zonasida faoliyat olib borayotgan “Osma dor yo‘li” mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.
"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholimiz va yurtimiz mehmonlaridan uzr so‘raymiz", - deyiladi qo'mita xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты