Huawei 1
10 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza: G‘arbiy Osiyo chempionatidan o‘zbekistonlik shaxmatchilar 23 ta medal bilan qaytishdi

Maldiv davlatining Ukulxas orolida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar 10 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur turnirda 170 ga yaqin shaxmatchilar qatnashdi. Ulardan Umida Omonova va Afruza Xamdamovalar barcha yo‘nalishlarda (standart, blits va rapid) oltin medallarni qo‘lga kiritib, Gʻarbiy Osiyo chempionati mutlaq g‘olibi bo‘lishdi.
Turnirda shaxmatchi yoshlarning ishtirokini ta’minlash uchun ularning barcha xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33116 | Инструменты