Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha “A” toifaga kiruvchi xalqaro "ATF 14&Under" turnirida o‘zbekistonlik 14 yoshli sportchi muvaffaqiyatga erishdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi o‘quvchisi Mahmudbek Beknazarov qozog‘istonlik Rodion Traigel bilan juftlikda bahslarining saralashida raqiblarini mag‘lub etdi. Final o‘yinida qozog‘istonlik raqiblarini dog‘da qoldirdi va g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Aytish lozimki, bugunga qadar “A” toifasiga kiruvchi xalqaro tennis turnirlarida o‘zbekistonlik yosh sportchilar hali chempionlik darajasiga erishmagandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122300 | Инструменты